O‘zbekiston va Hindiston strategik hamkorlikni kuchaytirmoqda
O'zbekiston
2025-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari suhbat avvalida Hindiston xalqini va Bosh vazirni mamlakat Mustaqillik kuni bilan tabriklab, tinchlik va farovonlik tiladi.
Tomonlar O‘zbekiston–Hindiston strategik hamkorligi izchil rivojlanayotganini qayd etdilar. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 60 foizga oshdi, qariyb 40 ta qo‘shma korxona ishga tushirildi, istiqbolli loyihalar portfeli esa $2 milliardga yetdi. Mamlakatda to‘rt nafar Hindiston universiteti filiali muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuvda farmatsevtika, kimyo sanoati, raqamli iqtisodiyot, energetika, qazib olish sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish va turizm kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. «Shimol–Janub» transport yo‘lagi doirasida tranzit yo‘nalishlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Toshkentda navbatdagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish, Madaniyat va kino kunlarini tashkil etish, hududlararo almashinuvlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mintaqaviy kun tartibi va kelgusi yuqori darajadagi uchrashuvlar rejalari ham muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor