O‘zbekiston va ICESCO ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston va Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) amaliy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik uchrashuvida muhokama qilindi.

O‘zbekiston va ICESCO ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda
Tashqi ishlar vaziri ICESCO rahbarining I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumining ochilish marosimida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrifidan mamnunligini bildirdi.

Tomonlar ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish hamda hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Yaqin istiqboldagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi «Harakatlar rejasi»ni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Hujjat amaliy sheriklikni kengaytirish, qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surishni nazarda tutadi.

Muzokaralar O‘zbekiston va ICESCOning ustuvor yo‘nalishlarda barqaror va samarali hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro qiziqishini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing