O‘zbekiston va Qozog‘iston futbol jahon chempionatini birgalikda o‘tkazmoqchi
Sport
O'zbekiston va Qozog'iston 2034 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini birgalikda o'tkazmoqchi. Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ikki davlat futbol federatsiyalari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari Adilet Barmenqulov O‘zbekiston va Qozog‘istonni futbol bo‘yicha 2034-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berishni taklif qildi, deb xabar berdi juma kuni “Championat asia”.
Barmenqulov bu taklifni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo turkiy tilli davlatlar futbol federatsiyalari rahbarlarining yig‘ilishida bildirgan, deyiladi xabarda.
Qozog‘iston va O‘zbekiston futbol federatsiyalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik munosabatlari so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi, terma jamoalar va klublar o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilmoqda, deb aytdi Barmenqulov.

Powered by Froala Editor