O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

O'zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar
Qozogʻiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va qardosh Oʻzbekiston xalqi farovonligi yoʻlidagi davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Barcha yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli hamkorlik surʼati ortib borayotgani, jumladan, tovar ayirboshlash hajmi oshayotgani, ustuvor tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing