O‘zbekiston va Rossiya strategik sheriklikni rivojlantirish yo‘lini tasdiqladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro maydonlardagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Rossiya strategik sheriklikni rivojlantirish yo‘lini tasdiqladi
Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamda hududlararo aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, SHHT, MDH, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing