O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari strategik sheriklikni rivojlantirishning yangi bosqichlarini muhokama qildilar

O'zbekiston

14-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari strategik sheriklikni rivojlantirishning yangi bosqichlarini muhokama qildilar
Suhbat davomida ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilikni yanada rivojlantirish, yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mintaqalar darajasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, madaniyat, san’at va ta’lim, jumladan, muhandislik kadrlarini tayyorlash sohalaridagi hamkorlik ijobiy baholandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing