O‘zbekiston va Serbiya viza olishni soddalashtirish va mehnat migratsiyasini muhokama qildi
O'zbekiston
Toshkent va Belgrad viza rejimini soddalashtirish va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning huquqlarini himoya qilishni muhokama qildi.
O‘zbekiston va Serbiya hukumati migratsiya va harakatchanlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim ishlab chiqishga kelishib oldi. Muzokaralar Belgradda Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar viza rejimini soddalashtirish, O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildilar. Konsullik departamentlari o‘rtasidagi muloqotlarni davom ettirish va shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, jumladan, investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Bu qadam mehnat muhojirlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaydi.

Powered by Froala Editor