O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo hajmi 2023-yilda $756,8 millionni tashkil etdi

Iqtisodiyot

2023-yilda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 756,8 millionni tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo hajmi 2023-yilda $756,8 millionni tashkil etdi
Qayd etilishicha, eksport hajmi $605,0 millionni, import hajmi esa $151,8 millionni tashkil etdi.

2023-yilda O‘zbekistonning Tojikistonga eksporti asosini sanoat mahsulotlari, kimyo mahsulotlari, yoqilg‘i, yog‘lash moylari va shunga o‘xshash mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, mashina va uskunalar, nooziq-ovqat xomashyosi, xizmatlar tashkil etdi.

Avvalroq ikki mamlakat hukumatlari oldiga tovar ayirboshlashni, shu jumladan uchinchi mamlakatlardan importning o‘rinini faol to‘ldirish orqali 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgani haqida ma’lum qilgan edik. 17-aprel kuni o‘tgan biznes forumda salmoqli shartnomalar va bitimlar to‘plami imzolangani ushbu maqsadga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing