O‘zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlarining suhbati: 2023-yil yakunlari va 2024-yilga mo‘ljallangan rejalar
Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning telefon orqali muloqoti chog‘ida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
“Hamkasbim, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan janoblari bilan telefon orqali muloqot qilishdan mamnunmiz. O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining tobora kengayib borayotgan kun tartibini muhokama qildik. Suhbat chog'ida 2023-yilning muvaffaqiyatli yakunlarini sarhisob qilib, 2024-yilga mo'ljallangan rejalarimizni ko'rib chiqdik”, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida.
Eslatib o'tamiz, 2023-yil 26─27-sentyabr kunlari Anqara shahrida O'zbekiston va Turkiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Hakan Fidan raisligida O'zbekiston-Turkiya strategik rejalashtirish guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yaqin va uzoq muddatli maqsadlar belgilab olindi.

Powered by Froala Editor