O‘zbekiston WEC prezidenti bilan hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildi

Sport

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi (WEC) prezidenti Nejmeddin Bilal Erdo‘g‘an Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston WEC prezidenti bilan hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qildi
Martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov va MOQ rahbariyati qarshi oldi.

Suhbatda Nejmeddin Bilal Erdogʻan oʻtgan yilning sentyabr oyida Xivada yuqori saviyada tashkil etilgan Xalqaro etnosport festivali haqida ijobiy fikr bildirib oʻtdi.

O‘z navbatida Adham Ikramov O‘zbekiston rahbari boshchiligida ommaviy va professional sport rivojiga qaratilayotgan eʼtibor haqida gapirib, martabali mehmonni bu borada olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Toshkent-2025 IV yoshlar Osiyo oʻyinlari va uning uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasi haqida taqdimot qildi.

N.B.Erdo’g‘an Toshkentda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasining loyihasiga yuqori baho berdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning kelgusi bosqichlarini belgilab olishdi. Tashrif yakunida Oybek Kasimov Butunjahon etnosport federatsiyasi prezidentiga MOQning esdalik nishonini topshirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing