O‘zbekiston yozgi Olimpiya o‘yinlariga 36-lisenziyasini qo‘lga kiritdi

Sport

Bunga Qatarda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi yakunlari bo‘yicha Rasuljon Abdurahimov erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston yozgi Olimpiya o‘yinlariga 36-lisenziyasini qo‘lga kiritdi
"Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichlarining yakuniga koʻra Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan atletlar nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov parallel brus yoʻnalishidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Parij shahrida 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing