O’zbekistonda AQSh kompaniyasi universitet ochmoqchi
O'zbekiston
Mutaxassislar sog'liqni saqlash, muhandislik, arxitektura va dizayn kabi sohalarda o'qitiladi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga ishchi tashrifi dasturi doirasida “Cintana” kompaniyasi rahbari Duglas Bekker bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Cintana” Arizona shtat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan va dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida ishlaydi.
“Cintana” asoschisi Duglas Bekker Arizona shtat universiteti bilan hamkorlikda mamlakatimizda Amerika texnologiya universitetini tashkil etish bo'yicha ish olib bormoqda, deyiladi xabarda.
2024-yildan boshlab sog'liqni saqlash, muhandislik, arxitektura va dizayn kabi sohalarda malakali kadrlar tayyorlashni boshlash ko'zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu rejalarni ma'qulladi va O'zbekistonning ta'lim loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor