O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi pomidordan vaksina yaratildi
O'zbekiston
Yaratilgan TOMAVAC vaksinasi sinovlari sichqonlar va ko‘ngilli insonlarda sinab ko‘rildi. Natijada qon zardobida va ichakda yuqori miqdorlarda neytrallovchi antitanachalar hosil bo‘lishi isbotlandi.
O‘zbek olimlari tomonidan genetik vektorlar va pomidor o‘simligi asosida koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi marta pomidor o‘simligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur nav koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilishi natijasida yaratilgan. U S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor hisoblanadi. Unda 0.77 mkg/gr miqdorida turg‘un S1 antigen oqsili sintez bo‘lishi ko‘rsatib berildi va TOMAVAC vaksinasi sifatida tanlab olindi.
Xabarga koʻra, koʻngilli insonlarda o‘tkazilgan 1-faza immunogenlik va bioxavfsizlik sinovlarda ular tomonidan 50 gram (38,5 mkg S1 antigeni) pomidorni (TOMAVAC) nahorga 3 kun davomida (umumiy 150 gram pomidor yoki 115,5 mkg S1 antigeni) is’temol qilganda ularning qon zardobidagi neytrallovchi antitanachalar faolligi birinchi kunga nisbatdan haftasiga 1,2 (o‘rtacha +42,28 BAU/ml) barobar ko‘tarilib borgan, bu holatda ko‘ngillilarda hech qanday nojo‘ya holatlar kuzatilmagan.
Mazkur nav ikki bosqichli (ichak shilliq pardasi va qonda) himoyani ta’minlovchi xavfsiz vaksina ekanini ko‘rsatdi. U birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan COVID -19 vaksinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.

Powered by Froala Editor