O‘zbekistonda energiya iste’moliga yondashuv qayta ko‘rib chiqiladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. O‘sib borayotgan energiya iste’moli sharoitida hokimiyat nafaqat ishlab chiqarishni ko‘paytirishga, balki resurslarni oqilona tejashga ham e’tibor beradi.
Prognozlarga ko‘ra, 2035-yilga borib mamlakatda elektr energiyasi iste’moli 1,7 barobarga o‘sadi, tarmoqlardagi yo‘qotishlar esa yuqoriligicha qoladi - elektr energiyasi bo‘yicha 14 foiz va gaz bo‘yicha 7 foizdan ortiq. Ushbu ko‘rsatkichlarni kamaytirish uchun yettita hududda 4,6 milliard kVt/soat va 1 milliard kub metr gazni tejash zaxiralari aniqlandi.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlar eskirgan uskunalarni almashtirish, "yashil" energiyadan foydalanishni kengaytirish va sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishni o‘z ichiga oladi. 2025-yilda 1,6 milliard kub metr gaz va 3,5 milliard kVt/soat elektr energiyasini tejash rejalashtirilgan.
Prezidentimiz energiya tejamkorligi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini aytib, yo‘qotishlarni kamaytirish, talon-torojlikka qarshi kurashish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor