O‘zbekistonda film suratga olish yanada manfaatli bo‘ladi: xorijiy studiyalar uchun rebate dasturi ishga tushiriladi
O'zbekiston
O‘zbekiston mamlakatning xalqaro suratga olish maydoni sifatidagi jozibadorligini oshirish maqsadida xorijiy kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini ishga tushirmoqda. Xorijiy kinokompaniyalar respublikada film ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning bir qismini — har bir loyiha uchun 4 mlrd so‘mgacha qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi rebate-kompensatsiyalarni to‘lash tartibini tasdiqladi. Dastur badiiy filmlar, tele va veb-seriallar, hujjatli hamda ilmiy-ma’rifiy loyihalarni qamrab oladi. To‘lovlarni Turizm qo‘mitasi 1-noyabrgacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan Film in Uzbekistan platformasi orqali muvofiqlashtiradi.
Dasturda qatnashish uchun xorijiy kompaniya loyihani platformada ro‘yxatdan o‘tkazishi va mahalliy kino ishlab chiqarish korxonasi bilan shartnoma tuzishi lozim. Suratga olish ishlari yakunlangach, 60 kun ichida xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Faqat O‘zbekiston soliq rezidentlaridan xarid qilingan tovar va xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lovlar hisobga olinadi.
Kompensatsiya miqdori xarajatlar hajmiga qarab 10 foizdan 25 foizgacha bo‘ladi. 10 mlrd so‘mdan ortiq xarajat qilingan taqdirda 25 foiz qaytariladi, biroq bitta film uchun maksimal to‘lov 4 mlrd so‘m bilan cheklanadi.
1-oktabrgacha suratga olish lokatsiyalari va mavjud rekvizitlar ro‘yxati shakllantiriladi. 2026-yilda dastur uchun 5 mlrd so‘m ajratilgan, 2027-yildan rebate mexanizmini moliyalashtirish davlat budjetida nazarda tutiladi.

Powered by Froala Editor