O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar pensiyasining maksimal miqdori 100 foizgacha oshiriladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 7 avgust kuni “Harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila a’zolarini davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Hujjat ilk bor yagona qonun doirasida pensiya olish huquqiga ega shaxslar doirasini, pensiya tayinlash shartlari hamda uni hisoblash, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.

O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar pensiyasining maksimal miqdori 100 foizgacha oshiriladi
Asosiy o‘zgarishlardan biri 30 yildan ortiq kalendar xizmat stajiga ega shaxslar uchun pensiyaning maksimal miqdorini 75 foizdan 100 foizgacha oshirishdir.

Ijtimoiy kafolatlar nafaqat pensiyaga chiqadigan harbiy xizmatchilarga, balki 30 yildan ortiq xizmat qilgan va hozirda pensiya olayotgan harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda ularning oila a’zolariga ham tatbiq etiladi.

Qonun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash tartibini ham takomillashtiradi. Xizmat vaqtida halok bo‘lgan yoki xizmat davomida olingan jarohat va kasallik oqibatida vafot etgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun davlat kafolatlari kuchaytiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing