O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun energetika pasporti yaratiladi

O'zbekiston

O‘zbekistonda har bir mahalla uchun energetika pasportini yaratish rejalashtirilmoqda. Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, hujjatda iste’molchilar soni va toifalari, elektr va gaz ta’minoti infratuzilmasining holati, ta’mirlash va modernizatsiya xarajatlari hamda muddatlari, shuningdek, yangi iste’molchilarni ulash imkoniyatlari aks ettiriladi.

O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun energetika pasporti yaratiladi
Aholi va tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash uchun zamonaviy onlayn platformalar va mobil ilovalar ishga tushiriladi. Ular orqali, jumladan, elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar haqida tezkor ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, xodimlarga kunlik vazifalarni belgilash, ularning bajarilishini nazorat qilish, hisobotlarni shakllantirish, xavflarni tahlil qilish va tez-tez uzilishlar kuzatiladigan hududlarni aniqlash tizimlari joriy etiladi. Ehtimoliy avariyalarni prognoz qilish imkoniyatlari ham kengaytiriladi.

Energiya resurslari tannarxini kamaytirish uchun raqobat muhitini kengaytirish va bozor mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, suyultirilgan gazning erkin bozorini shakllantirish va uni tadbirkorlar tomonidan realizatsiya qilish jarayonlarini soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing