O‘zbekistonda ilk bor futzal bo‘yicha jahon chempionati mezbonlik qiladi

Sport

O‘zbekiston 2024-yilda futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bunday miqyosdagi musobaqa FIFA shafeligida o'tkaziladi. Bu haqdagi qaror juma kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekistonda ilk bor futzal bo‘yicha jahon chempionati mezbonlik qiladi
O‘zbekiston 2024-yilda futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu qaror juma kuni Shveysariyaning Syurix shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekistonda ilk bor FIFA shafeligida bunday miqyosdagi musobaqa o‘tkaziladi. 2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati AQShda 32 ta jamoa ishtirokida kengaytirilgan formatda o'tkaziladi. FIFA 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri reglamentini ham tasdiqladi.

Turnir mezbonligi uchun ariza topshirish jarayoni 2023 yilning uchinchi choragida boshlanadi. Jahon chempionatida 48 ta jamoa ishtirok etadi. FIFA turnir "jahon futboliga misli ko'rilmagan ta'sir ko'rsatishiga" ishonadi, chunki ko'proq terma jamoalar jahon chempionatida o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing