O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha oshirildi.

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi
2024-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘mni tashkil etdi (kuniga 20,7 ming so‘m). Bu haqda Statistika agentligiga tayanib, http://Gazeta.uz xabar berdi.

Mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash maqsadida foydalaniladigan ko‘rsatkich 9,3 foizga oshgan (so‘nggi marta 2023-yil iyul oyida 498 ming so‘mdan 568 ming so‘mgacha oshirilgandi).

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

• davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;

• mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;

• kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;

• pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing