O‘zbekistonda kosmosdan ekologik qonunbuzarliklar qayd etila boshlanadi

O'zbekiston

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda geologiya, yer munosabatlari va ekologiya sohalarida kosmik monitoring kengaytiriladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi yiliga kamida uch marta kuzatuv olib boradi.

O‘zbekistonda kosmosdan ekologik qonunbuzarliklar qayd etila boshlanadi
Asosiy vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • noqonuniy daraxt kesishni aniqlash;
  • yer va qurilishdan ruxsatsiz foydalanishni nazorat qilish;
  • chiqindi poligonlarining belgilangan hududdan tashqariga chiqishi va noqonuniy poligonlar tashkil etilishini qayd qilish.

2026-yil 1-martdan boshlab barcha ma’lumotlar SGM platformasida raqamli shaklda yuritiladi. Bu yerda real vaqt rejimida ogohlantirishlar, buzilishlarni bartaraf etish choralari hamda prokuratura va sudlarda ishlarning ko‘rib chiqilishi kuzatib boriladi.

Avvalroq “O‘zbekkosmos” sun’iy yo‘ldoshlar yordamida dehqonlar tomonidan 27 ming gektardan ortiq maydonda g‘alla o‘rimidan so‘ng somonni noqonuniy yoqish bilan bog‘liq qariyb 2,5 ming holatni aniqlagan edi. So‘nggi ikki yil ichida 4 mln gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator qonunbuzarliklar aniqlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing