O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi yaratiladi

O'zbekiston

Kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi 2023 yil 1 dekabrdan bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. “Kuchli zilzila haqida ogohlantirish” mobil ilovasi orqali bir necha soniya ichida aholiga respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilgani haqida tezkor xabar beriladi. Tegishli qarorni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi yaratiladi
“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga (PQ–158-son, 16.05.2023 y.) ko'ra, 2023 yil 1 dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi:

Mazkur milliy tizim doirasida O‘zbekiston va chegaradosh hududlarda seysmik hodisalarning real vaqt rejimida monitoringi amalga oshiriladi. Zilzila o‘chog‘iga yaqinidagi ikki yoki undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli tebranishlar (5 ball va undan yuqori ball bilan) aniqlanganda, “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing