O‘zbekistonda yadro tibbiyoti loyihasi ishga tushirildi
O'zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya yadro tibbiyotini rivojlantirish strategiyasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu doirada Toshkentda zamonaviy markazni yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilgan.
10-fevral kuni «O‘zatom» agentligida O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirishga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi, tegishli idoralar va ilmiy muassasalar vakillari, shuningdek «Rosatom Texnologiyalari» divizioni ekspertlari ishtirok etdi.
Tomonlar zamonaviy yadro tibbiyoti infratuzilmasini yaratish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Rossiya tomoni siklotron komplekslari, radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish, PET/KT diagnostika markazlari yaratish hamda xalqaro “kalit topshirish” loyihalarini amalga oshirish tajribasini taqdim etdi.
Muzokaralar yakunida respublikada yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi va strategiyani birgalikda ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu hujjatlar texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar tayyorlash hamda onkologik kasalliklarni diagnostika va davolash tizimini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
Avvalroq davlat dasturi doirasida Toshkentda Yadro tibbiyoti markazini tashkil etish loyihasi boshlangan edi. 2026-yilda markazni PET/KT uskunalari, siklotron, radiofarmatsevtik laboratoriya, shuningdek “gamma-pichoq” va “kiber-pichoq” qurilmalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. Loyiha yuqori texnologik tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishi va saratonni erta aniqlash imkoniyatlarini oshirishi kutilmoqda.
«O‘zatom» agentligida yadro tibbiyoti sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor