O‘zbekistondagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushdi

O'zbekiston

7-martdan boshlab barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalari ishga tushdi
“Tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytgani munosabati bilan bugundan e’tiboran mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari ochiladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda jami 1517 ta gaz quyish shoxobchalari mavjud. Yakshanba kuni ulardan 280 nafari ishlagan bo‘lsa, payshanba kuni bu ko‘rsatkich 550 tani tashkil etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing