O‘zbekistondagi klinikalarga tashrif buyurgan xorijlik bemorlarga QQS qaytarib beriladi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida shu va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati.

O‘zbekistondagi klinikalarga tashrif buyurgan xorijlik bemorlarga QQS qaytarib beriladi
Yig’ilish doirasida koʻplab loyiha va tashabbuslar koʻrib chiqildi, xususan:

– Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida turizm klasteri tashkil qilinadi;

– 33 kilometrli Hisorak – G‘elon va Hisorak – Sarchashma yo‘li kengaytirib, ta’mirlanadi;

– “Chiroqchi-Sho‘rquduq” avtomobil yo‘li yaxshilanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov vaqti qisqaradi;

– G‘elondan o‘tuvchi Oqsu daryosida quvvati 24 megavattli 3 ta gidro elektr stansiya ishga tushiriladi;

– Shahrisabz turizm texnikumida Shveysariya dasturi asosida yiliga 100 nafar mutaxassis tayyorlanadi;

– akvaparklar qurish hamda ko‘llar bo‘yida loyihalar qilish uchun yerlar auksionga chiqariladi;

– tibbiyot va sog‘lomlashtirish turizmi rivojlantiriladi. Shu bois Janubiy Koreya, Turkiya va Hindiston tajribasi asosida “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi yo’lga qo’yiladi;

– endi xususiy klinikalarning xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish, xorijiy ko‘rgazmada qatnashish xarajati budjetdan qoplanadi;

– klinikalarga kelgan chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarib beriladi;

– xorijga borib, targ‘ibot-diagnostika xizmatini ko‘rsatgan shifokorlarning transport va yashash xarajatlari to‘lab beriladi;

– chegaradan o‘tishni yanada soddalashtirish muhimligi qayd etildi;

– transport vazirligiga xalqaro reyslarni ko‘paytirish, barcha qatnovlar haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi;

– mamlakatimiz turizm salohiyatini to‘liq ko‘rsatuvchi global targ‘ibot kampaniyasini yo‘lga qo‘yiladi;

– “Elektron-viza” tizimi yanada takomillashtirilib, mobil ilovasi ham ishga tushiriladi;

Yakunida Prezidentimiz turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi. Soha vakillari va tadbirkorlar buni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing