Oʻzbekistonga chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi
O'zbekiston
Mashina toʻliq quvvatda 300 kilometr masofani bosib oʻtadi. Bu esa kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib, maxsus poligonlarga tashish imkonini beradi.
Oʻzbekistonga chiqindi tashishga moʻljallangan elektromobil olib kelindi. U “Eko House” chiqindi klasteri tomonidan Xitoydan keltirilgan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
“Bugungi kunda ekologiya, xususan, chiqindi sohasida yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Xitoyning “Chengdu Shiny Technology Co Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda olib kelingan elektrotexnika vositasi, avvalo, atmosferaga zaharli tashlamalar chiqarmasligi bilan ahamiyatli. Yaʼni bu mashina ekologiyaga zarar yetkazmaydi”, deydi vazir Aziz Abduhakimov.
Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan oʻtkaziladi. U tor koʻchalarda ham yurishga moʻljallangan.
“Mashina toʻliq quvvatda 300 kilometr masofani bosib oʻtadi. Bu esa kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib, maxsus poligonlarga tashish imkonini beradi. Shuningdek, 3 tonnagacha yukni bemalol koʻtara oladi”, dedi “Eko House” chiqindi klasteri rahbari Jahongir Xudoyberdiyev.

Powered by Froala Editor