O‘zbekistonlik 27 nafar mutaxassis Osiyo o‘yinlarida hakamlik qiladi
Sport
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ertaga, 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston nomidan 27 nafar sport mutaxassisi bahslarini boshqarib boradi.
Xitoyning Xanchjou shahrida 23-sentyabr—8-oktyabr kunlari XIX yozgi Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan 27 nafar sport mutaxassisi bahslarini boshqarib boradi.
Jumladan, O‘zbekiston Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat Og‘ir atletika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Shaxrulla Mahmudov Osiyo o‘yinlarining og‘ir atletika musobaqalarini o‘tkazish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi o‘rinbosari Go‘zal Mo‘minova esa badiiy gimnastika musobaqalarini o‘tkazish qo‘mitasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi ertaga, 23-sentyabr kuni bo‘lib o‘tsada, bugun, 22-sentyabr kuni bir necha sport turlari bo‘yicha bahslarga start berildi.

Powered by Froala Editor