O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O'zbekiston

Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi rasmiy elchisi bo‘ldi. U Serbiya TIV Diplomatik protokoli rahbari Branko Radovanovichga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Uchrashuv diplomatning asosiy qarorgohi joylashgan Budapeshtda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
Tomonlar O‘zbekiston-Serbiya munosabatlarini mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Radovanovich elchi tayinlanishini iliq kutib oldi va bu qadam mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga yangi turtki berishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Oybek Shaxavdinov, shuningdek, O‘zbekistonning Vengriyadagi va o‘rindoshlik asosida Xorvatiya, Chernogoriya va Sloveniyadagi elchisi bo‘lib, u yerda 2024-yil dekabr oyida prezident Natasha Pirs Musarga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing