"O'zbekkosmos" Xitoyning yirik davlat kompaniyasi bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
O'zbekiston
O'zbekistonda kosmik sohani rivojlantirishda xalqaro hamkorlikka katta ahamiyat berilmoqda, ayniqsa, Xitoyning "China Electronics Technology Group Corporation" (CETC) bilan aloqalar mustahkamlanmoqda.
O'zbekistonda kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etish maqsadida "O'zbekkosmos" agentligi yirik xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirishga e'tibor qaratmoqda. Shu yilning yanvar oyida "O'zbekkosmos" agentligi va Xitoyning "CETC" korporatsiyasi o'rtasida birinchi uchrashuv bo'lib o'tgan edi.
16-avgust kuni esa bu hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Unda "O'zbekkosmos" rahbariyati va CETC davlat kompaniyasi boshqaruv raisi boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Uchrashuv davomida O'zbekiston Prezidenti tomonidan kosmik tarmoqlarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
Shuningdek, "O'zbekkosmos" agentligi davlat kosmik monitoringi orqali iqtisodiy sohada qonunbuzarlik va noqonuniy harakatlarni aniqlashda muhim rol o'ynayotgani haqida ma'lumot berildi. Uchrashuv davomida yerning masofaviy zondlash texnologiyalari va geoinformatsion tizimlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalari ham muhokama qilindi.
Xitoyning "CETC" korporatsiyasi 2002 yilda tashkil etilgan bo'lib, aloqa va elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda dasturiy ta'minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan davlat kompaniyasidir.

Powered by Froala Editor