Ozodbek Nazarbekov "Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandi
O'zbekiston
13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tomonidan “Qirg‘iziston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlashda qo‘shgan katta hissasi uchun berildi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Ozodbek Nazarbekovning mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy do‘stlikni yanada mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etgan holda, uning ijodiy yo‘li ko‘pchilikni ilhomlantirayotganini ta’kidladi.
Japarov, shuningdek, 2025-yilda Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki xalqning yaqinlashishida muhim voqea bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Ozodbek Nazarbekov, o‘z navbatida, Qirg‘iziston Prezidentining unga berilgan yuksak baho va mukofot uchun minnatdorligini bildirib, ikki mamlakat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilishlarini qayd etdi. U, shuningdek, O‘zbekistonda Chingiz Aytmatovning 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarning o‘tkazilayotganidan mamnun ekanini bildirib o'tdi.
Bugungi kunda Ozodbek Nazarbekov va Qirg‘izistonning yetakchi teatr rahbarlari ikki xalq o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma teatr loyihasi ustida faol ish olib borayotganini ma'lum qildi.

Powered by Froala Editor