Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yo'l oldi
Sport
Bugun, 2-iyul kuni Olimpiya shon-shuhrati muzeyida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O’zR Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.
Qayd etilishicha, unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva, Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Tadbirda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 26-iyul–11-avgust kunlari Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O’zbekiston sportchilarining har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratib berilgani ta’kidlandi. Qolaversa, Shavkat Mirzyoyev o’zbek yigit-qizlarini turnir davomida ham qo‘llab-quvvatlab turishi ma’lum qilindi.
Mamlakatimiz tarixida ilk bor futbol jamoamiz Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani ham alohida qayd etildi.
Shuningdek, tadbir davomida Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz delegatsiyasining bayroqdorlari – bokschimiz Abdumalik Xaloqov va qilichbozimiz Zaynab Dayibekovaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i topshirildi.

Powered by Froala Editor