Parij Olimpiadani yakunladi: Estafeta Los-Anjelesga topshirildi

Sport

Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada tantanali ravishda yakunlandi va Olimpiya bayrog‘i Los-Anjelesga topshirildi. Endi kelgusi Olimpiya o‘yinlari 2028 yilda Los-Anjelesda o‘tkaziladi.

Parij Olimpiadani yakunladi: Estafeta Los-Anjelesga topshirildi
Los-Anjeles Olimpiadaga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yubordi, ammo shaharda jamoat transporti tizimi yetarlicha rivojlanmagan. Shu sababli, mahalliy hukumat bu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda.

Parij Olimpiadani Parijning bosh stadionida o‘tkazilgan tantanali marosim bilan kuzatdi. Tadbirda sportchilar paradi, rejissyor Tom Jollining ajoyib shousi, opera, raqs, havoda akrobatika namoyishlari, dunyo yulduzlari ishtiroki va, albatta, estafetaning Los-Anjelesga topshirilishi kabilar o‘rin oldi.

Los-Anjeles aholisi esa jamoat transportining rivojlanmaganligi tufayli harakatlanish muammolari haqida xavotir bildirmoqda. Biroq, rasmiylar bu muammoni hal qilish uchun rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirishga kirishmoqda. Shuningdek, Olimpiya davrida transport muammolarini hal qilish uchun 3000 dan ortiq avtobus boshqa shtatlardan jalb qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing