Parij Olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari kim bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi

Sport

3-may kuni Qatarda o‘tgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O’zbekiston jamoasi kumush medalni qo‘lga kiritdi. Endi ular Parij–2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida “C” guruhida ishtirok etadi, deya xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Parij Olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari kim bilan o'ynashi ma'lum bo'ldi
Ma’lum qilinishicha, birinchi o‘yin 24-iyul kuni bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Keyin 27-iyul kuni yoshlar terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi va guruhdagi so‘nggi o‘yin 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladi.

Kecha Qatarda futbol bo'yicha U23 Osiyo kubogi yakunlandi. Final uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qo’lga kiritdi.

Bu muvaffaqiyat o‘zbek sporti uchun tarixiy voqea hisoblanadi, boisi jamomiz ilk bor Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo’lga kiritdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing