Parij O‘zbekiston turizm forumiga mezbonlik qiladi

O'zbekiston

Parij shahrida Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston turizm forumi bo‘lib o‘tadi.

Parij O‘zbekiston turizm forumiga mezbonlik qiladi
Tadbir doirasida Fransiyaning yetakchi turoperatorlari va agentliklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonning turizm salohiyatini Yevropa bozorida targ‘ib qilishga qaratilgan B2B uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Forum shartnomalar tuzish, xorijiy sayyohlarni jalb qilish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash maydoniga aylanadi. Mamlakatning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari taqdimotiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonning yevropalik sayyohlar orasida tanilishi va mamlakatga sayyohlar oqimining ko‘payishida muhim qadam bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing