Parij sammiti: Sun’iy intellekt urush qoidalarini oʻzgartiradi
Texnologiya
Parijda jahon harbiy hamjamiyati vakillari sun’iy intellekt zamonaviy urushlarni qanday oʻzgartirayotgani haqida muhokama oʻtkazdi. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi fonida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqini mudofaa sohasida sun’iy intellektni faolroq joriy etishga chaqirdi.
Muhim qiyinchiliklardan biri — algoritmlarni oʻqitish uchun zarur boʻlgan strategik ma’lumotlarga kirish. Qurol ishlab chiqaruvchilar maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishga shoshilmayapti, bu esa sun’iy intellektning harbiy tizimlarga integratsiyasini sekinlashtirmoqda.
"Suveren ma’lumotlar haqida gap ketganda, biz ularni shunchaki boshqalar bilan boʻlisha olmaymiz," — dedi sun’iy intellekt boʻyicha ekspert Kristof Meyer.
Biroq NATO ogohlantirmoqda: Ukraina urushi kabi zamonaviy mojarolar ko‘rsatmoqdaki, yangi texnologiyalarsiz ittifoqchilar raqibdan ortda qolish xavfi ostida. NATOning Transformatsiya bo‘yicha Oliy Bosh Qo‘mondoni Pyer Vandye sun’iy intellektni tez joriy etish harbiy strategiyada omon qolish masalasi ekanini ta’kidladi.
Sammit dastlabki natijalarini ham berdi: fransuz startapi Mistral AI va nemis kompaniyasi Helsing Yevropa Ittifoqi mudofaa sohasida sun’iy intellekt yechimlarini yaratish bo‘yicha hamkorlikni e’lon qildi.

Powered by Froala Editor