Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerak
Sport
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
"Sport sohasini shunchaki o‘yin va musobaqalar emas, balki millat genofondi, mamlakatning qudrati va obro‘-e’tiborini butun dunyoga tarannum etadigan eng ta’sirchan vosita, eng ustuvor vazifa deb bilishimiz shart", dedi Prezident.
Shu bois, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha birinchi marta bunday katta yig‘ilish o‘tkazilayotganligi alohida qayd etildi.
Yig‘ilishda, kuni kecha qishki Osiyo o‘yinlarida sportchilar so‘nggi 26 yil ichida ilk bor figurali uchish bo‘yicha juftliklar orasida oltin medalni qo‘lga kiritgani O‘zbekiston sport tarixida yangi sahifa bo‘lgani faxr bilan qayd etildi.
Shu bilan birga, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputeerlar terma jamoasi Bangladeshdagi Osiyo chempionati g‘olibiga aylandi.
Tailandda velosport va para velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida yoshlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Prezident barcha sportchilarni, ularning murabbiy va ota-onalarini qo‘lga kiritilgan yuksak yutuqlar bilan tabrikladi.
Shuningdek, Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘nlikka kirish maqsad qilingan. Buning uchun mutasaddi rahbarlardan tortib, tuman hokimlarigacha barchaning qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor