Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

O'zbekiston

Isakulov Sardor Dadajonovich Parkent tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sardor Isakulov 1986-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy. 2011-yilda Toshkent davlat texnika universitetini (kunduzgi) tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2006-yili Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasini uzatilishini hisoblash bo‘limida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida masʼul vazifalarda ishlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, koperatsion aloqalarni kengaytirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing