Paynet kompaniyasi Humo to‘lov tizimini 65 million dollarga sotib oldi
O'zbekiston
O‘zbekistonning eng yirik to‘lov operatorlaridan biri bo‘lgan Paynet kompaniyasi, Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini 65 million dollarga sotib oldi. Ushbu kelishuv davlatning xususiylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ochiq savdo jarayonlari Deloitte kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan. Savdoda 6 nafar talabgor ishtirok etish uchun taklif qilingan bo‘lsa-da, yakunda 3 ta majburiyatli taklif qabul qilindi. Eng yuqori narxni Paynet kompaniyasi taklif qilgani uchun savdo g‘olibi deb topildi.
Paynet ushbu xarid orqali "Humo tizimining barqarorligini ta’minlash", foydalanuvchilarning "shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish", hamda to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish majburiyatini zimmasiga oldi.
Ma'lumot o'rnida Paynet, 2005-yilda tashkil etilgan, hozirda yilda 20 milliondan ortiq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi.
1500 dan ziyod mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov imkoniyatini taqdim etadi.
Ilgari davlat tasarrufida bo‘lgan, keyinchalik 2022-yildan boshlab New Industrial Technologies kompaniyasiga o‘tgan.
Humo tizimi 2018-yilda tashkil etilgan, O‘zbekistonning milliy to‘lov tizimi sifatida rivojlanayotgan dastur sanaladi.
Ustav kapitali 155,4 milliard so‘m.
Hozirda mamlakatda 27 milliondan ortiq Humo kartalari muomalada bo‘lib, 210 mingdan ziyod terminallar va 6,4 ming bankomatlar mavjud.

Powered by Froala Editor