Peskov: Putin hali saylovda nomzod sifatida ro‘yxatga olinmagan

Dunyo

Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimiga nomzodi ko‘rsatilishi bilan bog‘liq ayrim jihatlar hali aniqlashtirilmagan.

Peskov: Putin hali saylovda nomzod sifatida ro‘yxatga olinmagan
Vladimir Putinning yangi prezidentlik muddatiga qayta saylanish uchun saylov kampaniyasi aslida boshlandi, biroq hali barcha kerakli rasmiyatchiliklarni bajarish kerak. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov 8-dekabrda shu kunni Putin saylovoldi kampaniyasining boshlanishi deb atash mumkinmi, degan savolga javoban aytib o‘tdi.

"Agar amaliy jihatdan gapirilsa, unda, ehtimol, ha. Agar qonuniy taraflama qaralsa, unda yo‘q. U hali nomzod sifatida ro‘yxatga olinmagan. U qanday ishtirok etishini sizga ma’lum qilamiz, u hali nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak, barcha kerakli rasmiyatchiliklar bajarilishi lozim va shundan keyingina u saylovoldi tashviqoti davomida prezidentlikka nomzod bo‘ladi", dedi Peskov jurnalistlarga.

Kreml vakili qo‘shimcha qilishicha, Putinning Rossiya prezidentligiga nomzodi bilan bog‘liq ayrim jihatlar hali aniqlashtirilmagan. "Tegishli qarorlar qabul qilinganda, biz sizni xabardor qilamiz", dedi u. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin 17-dekabrga belgilangan "Yagona Rossiya" qurultoyida ishtirok etishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing