Pokiston kompaniyasi bilan hamkorlikda "Torxam-Termiz" transport loyihasi amalga oshiriladi
Iqtisodiyot
"O'zbekiston Markaziy Osiyo, MDH va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlarida Pokiston ishtirokiga erishishimiz uchun muhim hamkor hisoblanadi. Ushbu bozorlarga tovarlarni Termiz orqali temir yo'lda tashish imkoniyati juda qulay yechimlardan biri. Shu bilan birga yuklarni tashishda alternativ yo'nalishlarni ishlab chiqishimiz uchun ham barcha imkoniyatlar mavjud", dedi Pokistonning "National Logistics Corporation – NLC" direktori Zahiriddin Babar.
O'zbekiston elchisi Alisher To'xtayev, Savdo-sanoat palatasi, "O'zsanoatqurilishmateriallari", "O'zto'qimachiliksanoat" va "O'zcharmsanoat" uyushmalari mutasaddilari hamda Surxondaryo viloyati tadbirkorlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Pokistonning Karachi shahrida bo'ldi.
O'zbekiston delegatsiyasi safar davomida "National Logistics Corporation – NLC" kompaniyasining off-dok terminali faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, kompaniya rahbariyati bilan O'zbekiston va Pokiston o'rtasida transport-logistika sohasidagi imkoniyatlardan to'laqonli foydalanish istiqbollariga bag'ishlangan muzokaralar o'tkazildi.
Kompaniyaning xalqaro tashuvlar bo'yicha bosh direktori Zahiriddin Babar Pokiston O'zbekistonni shimoliy bozorlarga kirib borish uchun strategik yo'nalish, "Termiz Kargo markazi"ni bu boradagi muhim rejalarni amalga oshirish uchun ishonchli hamkor, deya qayd etdi.
"NLC" kompaniyasi, uning texnik imkoniyatlari va logistik infratuzilmasi, jumladan, off-dok terminallari hamda ulardagi xizmat ko'rsatish imkoniyatlari, yuklarni dengiz, havo va quruqlik orqali tashish borasidagi tajribasi, "eshikdan eshikgacha" tamoyili va "TIR" shartlari asosida faoliyat olib borishi ta'kidlandi.
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy bog'liqligi tashabbusi doirasidagi yangi va maqsadli loyiha – "Torxam-Termiz" yo'nalishidagi transport koridori loyihasi muvofiqlashtirilib, unda Pokistonning "NLC" kompaniyacining 100 ta yuk mashinasi shattl rejimida muntazam ravishda yuklarni tashishi masalasi kelishildi.
O'zbekiston yuklarini tashish, bojxona rasmiyatchiliklarini soddalashtirish, to'lovlarni optimallashtirish, boshqa xizmat turlari va shartlari, logistik jarayonlarni osonlashtirish bo'yicha tomonlarning takliflari muhokama qilindi. Transport-logistika tashuvlarining uzluksizligi borasida yuzaga kelayotgan to'siqlarni tezkor bartaraf etish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvdan so'ng, O'zbekiston delegatsiyasi "NLC"ning Karachi shahrida yirik off-dok terminalidagi sharoitlar va saqlash omborining imkoniyatlari bilan tanishdi. Termiz shahridagi "Xalqaro Kargo markazi" bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan saqlash omborlarini bunyod etish bo'yicha qo'shma loyiha taklifi bildirildi.

Powered by Froala Editor