Pokiston osmonida Turkiya “G‘azabi”: Islomobod o‘ta yuqori quvvatli qurolga ega bo‘ldi

Dunyo

Pokiston Harbiy-havo kuchlari o‘z arsenalini ilk bor “IDEF-2025” ko‘rgazmasida taqdim etilgan Turkiyaning “GAZAP” (“G‘azab”) termobarik aviabombasi bilan kuchaytirdi. Og‘irligi qariyb 907 kg bo‘lgan ushbu o‘q-dorini dushmanning mustahkamlangan pozitsiyalari va yer osti boshpanalariga zarba berish uchun F-16 qiruvchi samolyotlariga integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Pokiston osmonida Turkiya “G‘azabi”: Islomobod o‘ta yuqori quvvatli qurolga ega bo‘ldi
“GAZAP” ulkan vayronkor kuchga ega: uning zarba to‘lqini qamrovi 160 metrni tashkil etadi. Portlash jarayonida bomba 10 mingta parchaga ajraladi va ular 1 kilometrgacha bo‘lgan masofaga tarqaladi. Har bir kvadrat metrga 10 tadan ortiq parcha to‘g‘ri kelishi esa Pokistonning keng ko‘lamli havo zarbalarini berish imkoniyatlarini keskin oshiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing