Polsha endi Ukrainani qurol bilan ta’minlamaydi

Siyosat

Varshava Ukrainaga qurol yetkazib berishni Kiyev bilan don importini taqiqlash bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida to‘xtatayotganini aytdi.

Polsha endi Ukrainani qurol bilan ta’minlamaydi
Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetski 20-sentyabr kuni Polsha endi Ukrainani qurollantirishdan voz kechib, o'z mudofaasiga e'tibor qaratishini aytdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror Varshava Kiyev elchisini g'alla eksporti bilan bog'liq janjal fonida chaqirganidan bir necha soat o'tib ma’lum qilingan.

“Biz endi Ukrainaga qurol bermaymiz, chunki biz hozir Polshani zamonaviyroq qurollar bilan qurollantirmoqdamiz”, dedi Moravetski.

“Ukraina Rossiyaning shafqatsiz hujumidan oʻzini himoya qilmoqda, men bu vaziyatni tushunaman, lekin biz oʻz vatanimizni himoya qilamiz”, deya qoʻshimcha qildi Bosh vazir.

Qayd etilishicha, 20-sentyabr kuni ertalab Polsha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning BMT Bosh Assambleyasidagi so‘zlari uchun Kiyev elchisini chaqirgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing