Prezident 488 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

O'zbekiston

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 488 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror Ramazon hayiti arafasida mehr-muruvvat va insonparvarlik belgisi sifatida qabul qilindi.

Prezident 488 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Afv etilgan shaxslarning 100 nafari jazodan to‘liq ozod etildi, 268 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafariga yengilroq jazo tayinlandi, 86 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartirildi. Shuningdek, ro‘yxatda 17 nafar chet el fuqarosi, 37 nafar ayol, 37 nafar 60 yoshdan oshgan keksalar va 167 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, jumladan, bir nafar voyaga yetmagan shaxs bor.

Ozod etilganlarni yangi hayotga moslashtirish uchun davlat idoralari ularni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ishga joylashtirish bilan shug‘ullanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing