Prezident sanoatda kadrlar tanqisligiga e’tibor qaratdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, oliy ta’lim qamrovi tez o‘sayotgan bo‘lsa-da, kadrlar tayyorlash tizimi iqtisodiyot ehtiyojiga yetarlicha javob bermayapti.
Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish boshlandi.
So‘nggi 7 yilda oliy ta’limga qabul 4,5 barobar oshib, qamrov 42 foizga yetdi. Biroq davlat rahbarining ta’kidlashicha, kadrlar tayyorlash tizimi hali ham real sektor talablariga mos kelmaydi.
Misol sifatida u BYD kompaniyasi avtomobil zavodini keltirdi. Zavod hozir yiliga 20 ming avtomobil ishlab chiqaradi, ammo 100 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud, jumladan, robototexnika, dasturlash va bo‘yoq ishlari bo‘yicha muhandislar. Mutaxassislar yetishmasligi sababli 80 nafari xorijdan kelmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, 4–5 yil ichida zavod to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi va yiliga 500 ming avtomobil ishlab chiqaradi. Bu esa 4 ming malakali muhandis talab qiladi.
Prezident ta’kidlashicha, bu faqat bitta loyiha: yaqin 3–4 yilda ishga tushiriladigan $83 milliardlik yirik sanoat loyihalari sanoatning o‘zida 500 mingga yaqin mutaxassisni talab qiladi.

Powered by Froala Editor