Prezident Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bunga javoban Ukraina rahbari iliq so‘zlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-avgust — Mustaqillik kuni munosabati bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukraina xalqini tabrikladi.

Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi murojaatida samimiy tabriklari uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi. U ikki davlat o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish va munosabatlarni mustahkamlashga ishonch bildirganini ta’kidladi.

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Toshkentning Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashdagi qat’iy pozitsiyasi va gumanitar tashabbuslari, jumladan, ukrainalik bolalarning O‘zbekistonda dam olishini tashkil etish tashabbusini yuksak qadrladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing