Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi
O'zbekiston
Unda axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifa bo‘lib qolishiga urg‘u berildi.
O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning 2023-yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish avvalida prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qildi. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining bu yo‘nalishdagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi, mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
“Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi bo‘lishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur”, dedi prezident.
Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, yoshlarning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida media makonda olib borilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ishlarni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.
Majlisda Oliy Bosh Qo‘mondon jangovar tayyorgarlik tizimini innovatsion va ilmiy yondashuvlar asosida yanada takomillashtirish, axborot almashinuvi va qarorlar qabul qilish bo‘yicha zamonaviy harbiy va ilmiy ishlanmalarni amalga keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Powered by Froala Editor