Prezident yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejimni tasdiqladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini tasdiqladi. Maxsus huquqiy tartib 2030 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
Yangi tizim doirasida integratsiyalashgan raqamli platforma ishga tushiriladi. U orqali faoliyatni ro‘yxatdan o‘tkazish, bank hisoblarini boshqarish, soliqlarni to‘lash, naqdsiz hisob-kitoblar amalga oshirish va fiskal cheklarni shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Tadbirkorlar daromadlarni qabul qilish, xodimlarga to‘lovlar amalga oshirish, soliqlarni to‘lash va hamkorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun elektron hamyondan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hamyon mavjud bo‘lsa, bank hisobini ochish majburiy bo‘lmaydi.
2025 yil 1 noyabrdan QR-kod va tap to pay texnologiyasi joriy etiladi. Hujjatlarni elektron kalitsiz, biometrik identifikatsiya va SMS-xabarnoma orqali imzolash mumkin bo‘ladi. Pilot tartibda xodimlarga kundalik to‘lovlar amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
2026 yil 1 yanvardan yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan YTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun aylanmadan soliq stavkasi 1% etib belgilanadi. QR-kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish chakana savdo qoidalarida majburiy bo‘ladi.
Mazkur chora-tadbirlar biznes yuritishni soddalashtirish, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va tadbirkorlar bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor