Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish imkonsiz
Dunyo
Janubiy Koreya tergovchilari bir necha soat davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni hibsga olish niyatidan voz kechishdi.
"Bizning baholashimizga ko‘ra, hibsga olish qat'iy qarshilik tufayli amalga oshirib bo‘lmaydi. Biz jarayonda qatnashayotgan guruhimizning xavfsizligidan xavotirdamiz. Ayblanuvchining bunday qattiqqo'llik bilan qarshi chiqishining oqibati yaxshilikka olib kelmasligi mumkin", — dedi Janubiy Koreyaning korrupsiyani tergov qilish byurosi vakillari.
Seulning tuman sudlaridan biri ushbu hafta boshida prezident Yunni hibsga olish uchun order bergan edi. Juma kuni tergovchilar Yunning qarorgohiga uni hibsga olish uchun kelishdi, biroq prezident xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qo‘yildi.
Yun Sok Yol dekabr oyi boshida muxolifat bilan kurashish jarayonida mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga urinib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi. Shundan so‘ng, parlament unga impichment e’lon qildi va isyon uyushtirishga urinishda aybladi.
Yunning advokatlari esa hibsga olish orderi ham, hibsga olishga bo‘lgan urinish ham noqonuniy ekanini ta’kidlashdi.

Powered by Froala Editor