Prezidentlikka nomzod Vladimir Putin uchun 1,8 million imzo to‘plandi
Dunyo
Putin saylovga o'zini o'zi ko'rsatgan nomzod sifatida ko'rsatiladi. Qonunga ko'ra, ro'yxatdan o'tish uchun u Rossiya fuqarolaridan kamida 300 ming imzo olishi kerak.
52-sonli Moskva kasalxonasi bosh shifokori, Putinning saylov bo‘yicha shtab hamraisi Maryana Lisenkoning so‘zlariga ko‘ra, 8-yanvar kuni Moskvadagi “Gostiniy Dvor” Markaziy saylov komissiyasiga Rossiyaning 13 viloyatidan imzolar kelib tushgan. Bundan avval ko'ngillilar shtab-kvartiraga 45 ta mintaqadan to'plangan imzolarni yetkazib berishgan.
Eslatib o’tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovlari 2024-yilning 15–17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o’tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovlari 2024-yilning 15–17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Powered by Froala Editor