Propan narxining keskin oshishi: Bosh prokuratura bunga qanday izoh beradi?!
O'zbekiston
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi deputati tomonidan Energetika vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
So‘nggi kunlarda yonilg‘i quyish shoxobchalarida propan narxining ikki baravarga oshib ketishi jamoatchilikda jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Aholining iqtisodiy ehtiyojlari ortib, asosiy iste'mol tovarlari tannarxining oshishi xavfi kuchaydi. Shu munosabat bilan deputat mas’ul tashkilotlarga quyidagi talablarni ilgari surdi:
Propan tannarxi va narxlar shakllanishi bo‘yicha shaffoflikni ta’minlash, bozorda noqonuniy harakatlar hamda monopoliyachilikning oldini olish.
Aholiga vaziyat bo‘yicha tushuntirish va kelgusi rejalarga oid ochiq ma’lumot berish.
Yoqilg‘i-energetika resurslari sohasida barqaror narx siyosatini yo‘lga qo‘yish.
Narxning oshishi nafaqat iste'molchilarning shikoyatlariga, balki keng ijtimoiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin, jumladan:
Oziq-ovqat va kundalik tovarlar narxining oshishi;
Xususiy sektor ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi;
Kam ta’minlangan oilalar turmush sharoitining yanada og‘irlashishi.
“Adolat” SDP, hukumatdan tezkor choralar kutilmoqda. Propan narxining oshishi iqtisodiy barqarorlikka hamda aholining ijtimoiy turmush tarziga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Hukumat bu masalada samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etishi va aholi ishonchini qaytarish uchun ta’sirchan qadamlar qo‘yishi zarur.

Powered by Froala Editor