Pushti flamingolar milliardlik kurortga qarshi: Albaniyada ommaviy noroziliklar avj oldi
Dunyo
Albaniyaning muhofaza etiladigan tabiiy hududida hashamatli sayyohlik majmuasi qurilishiga qarshi boshlangan ommaviy namoyishlar keng ko‘lamli hukumatga qarshi harakatga aylandi. O‘n minglab namoyishchilar ko‘chalarga chiqib, hukumatni korrupsiyada aybladi va Bosh vazir Edi Ramaning iste’fosini talab qildi.
Norozilik aksiyalari bir oydan ortiq davom etmoqda. Dastlab namoyishchilar Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner bilan bog‘liq sayyohlik loyihasiga qarshi chiqqan edi. Qiymati qariyb 4,6 milliard dollarga baholanayotgan majmuani Adriatika dengizi sohilida, Zvërnets qo‘riqlanadigan lagunasi yaqinida qurish rejalashtirilgan. Ekologlar loyiha nozik ekotizim va ko‘chib yuruvchi flamingolar yashash hududiga xavf tug‘dirishini ta’kidlamoqda.
Aynan shu qushlar «pushti flamingolar inqilobi» nomini olgan harakat ramziga aylandi. Namoyishchilar yirik flamingo shakllari va «Albaniya sotilmaydi» yozuvli plakatlar bilan ko‘chalarga chiqdi. Aksiya davomida Edi Ramaning byusti ham ramziy ravishda ag‘darildi.
Parlament yaqinidagi to‘qnashuvlar va namoyishchilar hibsga olingach, vaziyat keskinlashdi. Shanba kuni namoyishchilarning bir qismi 19 kishi saqlanayotgan politsiya bo‘limi tomon yo‘l oldi. Binoning oynalari sindirildi, politsiya suv purkagichlardan foydalandi. Avvalgi tartibsizliklarda 15 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlangan va 25 kishi hibsga olingan.
Albaniya Xelsinki qo‘mitasi vaziyatning keskinlashuvidan xavotir bildirib, kuch ishlatar tuzilmalar harakatlari yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.
Bahsli loyiha ilk bor 2024-yilda taqdim etilgan. May oxirida plyajlarda qurilish texnikasi va to‘siqlar paydo bo‘lishi yangi norozilik to‘lqinini boshladi. Ekologik mojaro endilikda Edi Rama hukumati uchun jiddiy siyosiy sinovga aylandi.

Powered by Froala Editor